2026-yil 28-yanvar kuni Federatsiyaning “Ishonch telefoni”ga Sariosiyo tumanidan elektr ta’minotidagi uzilish bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Murojaat tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborilib, mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
Tekshiruv davomida elektr liniyasida bir fazali uzilish mavjudligi aniqlandi. Mutaxassislar tomonidan muammo tezkorlik bilan bartaraf etildi – yangi faza ulandi va xonadonga elektr hisoblagich o‘rnatildi.
Natijada murojaat ijobiy hal qilinib, iste’molchining huquqlari tiklandi. Fuqaro qonuniy huquqlari yuzasidan ham batafsil tushuntirish oldi.
Fuqarolar murojaatlari e’tiborsiz qolmaydi – har bir masala nazoratda.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
🔹 Telegram (https://t.me/Surxandaryo_ihhq) | 🔹 Web-site (https://surxondaryo.istemol.uz/)|🔹 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989)