Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Zaripova tomonidan hududda qator uchrashuv va o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Dastlab, tuman tibbiyot birlashmasida katta hamshiralar bilan yig‘ilish o‘tkazilib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash tartibi hamda bemorlar huquqlariga rioya etilishi masalalari muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, deputat o‘z saylov okrugidagi “Gulobod” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi. Mahallaning umumiy ijtimoiy holati, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Mahallada ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish, xotin-qizlarni tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikka yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Aholi tomonidan bildirilgan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.